Clair Obscur: Expedition 33 o‘yin sanoati tarixida rekord o‘rnatdi

ResetEra foydalanuvchilari tomonidan yuritilayotgan hisob-kitoblarga ko‘ra, “Clair Obscur: Expedition 33” 500 dan ortiq “Yil o‘yini” (Game of the Year) mukofotlarini qo‘lga kiritib, o‘yin sanoati tarixida birinchi bo‘lib ushbu marrani zabt etdi.

Ilgari rekord Elden Ring’ga tegishli edi (429 mukofot), ammo Expedition 33 ushbu ko‘rsatkichdan sezilarli ravishda o‘zib ketdi.

🏆 Eng ko‘p “Yil o‘yini” mukofotini olgan o‘yinlar — TOP-10

 

    1. Clair Obscur: Expedition 33 (Sandfall Interactive) — 500

    1. Elden Ring (FromSoftware) — 429

    1. The Last of Us Part II (Naughty Dog) — 326

    1. Baldur’s Gate III (Larian Studios) — 288

    1. The Witcher 3: Wild Hunt (CD Projekt Red) — 281

    1. The Legend of Zelda: Breath of the Wild (Nintendo) — 264

    1. God of War (2018) (Santa Monica Studio) — 263

    1. The Last of Us (Naughty Dog) — 257

    1. The Elder Scrolls V: Skyrim (Bethesda) — 229

    1. Astro Bot (Team Asobi) — 196

Shuningdek, umumiy mukofotlar foiziga ko‘ra ham Expedition 33 yuqori o‘rinni egallamoqda — 709 nominatsiyadan 500 tasi g‘alaba bilan yakunlangan (taxminan 70%).

👥 “O‘yinchilar tanlovi” mukofotlari bo‘yicha TOP-5

 

    1. Clair Obscur: Expedition 33 — 144

    1. The Last of Us Part II — 115

    1. Elden Ring — 97

    1. Baldur’s Gate III — 89

    1. The Witcher 3: Wild Hunt — 88

Clair Obscur: Expedition 33 kichik studiya tomonidan yaratilganiga qaramay, AAA loyihalar bilan teng raqobatlashib, o‘yin sanoatida tarixiy natijaga erishdi.

Clair Obscur: Expedition 33 o’yini Game Pass Ultimate va PC Game Pass  obunalarida mavjud. 

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх