Qaroqchilik o’yin davri hozir haqiqiy “renessans” davrini boshdan kechirmoqda va xakerlarning navbatdagi yirik nishoni sifatida kutilayotgan Resident Evil Requiem tilga olinmoqda. O‘yin hamjamiyatida yangi loyiha uchun qo‘llanilgan Denuvo himoyasi rasmiy reliz kunining o‘zidayoq buzilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tez tarqalmoqda. So‘nggi paytdagi xakerlar muvaffaqiyati va mutlaqo yangi usullarning paydo bo‘lishi fonida bunday taxminlar unchalik ham asossiz ko‘rinmayapti.
Nashriyotchilar uchun asosiy xavf Andreh taxallusi ostida tanilgan ishqiboz va uning Hypervisor nomli ishlanmasi bo‘ldi. Bu apparat virtualizatsiyasiga asoslangan murakkab, past darajadagi usul bo‘lib, operatsion tizim yadrosidan ham chuqurroq — Ring -1 darajasida ishlaydi. Himoya kodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘chirib tashlash o‘rniga, hypervisor tizim chaqiruvlarini ushlab qoladi va Denuvo’ga “toza”, ideal javoblarni uzatadi. Natijada himoya izolyatsiyalangan muhitda qoladi va o‘yin qonuniy ishlayapti, deb “ishonadi”.
Yaqinda ushbu texnologiya o‘z samaradorligini ko‘rsatib, Assassin’s Creed Shadows ni ishga tushirishga imkon bergani aytilmoqda. Shuningdek, Yakuza Kiwami 3 va Dark Ties himoyasi atigi 11 kun bardosh bergani ta’kidlanmoqda. Endilikda algoritm yanada takomillashgani, hypervisor’ning yangi versiyalari AMD va Intel protsessorlarini qo‘llab-quvvatlayotgani sababli, hamjamiyat yangi horror o‘yin himoyasi bir necha soat ichida buzilishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Agar reliz kunining o‘zida (Day-1 crack) himoya chetlab o‘tilsa, yirik AAA-loyihalar ishlab chiquvchilari apparat darajasida shunchalik oson aldab o‘tilayotgan texnologiyaga katta mablag‘ sarflash masalasini jiddiy qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…
