Odob-axloq va professional standartlar
GameMakon tamoyillari
GameMakon halollik, ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritadi. Har bir material va fikr mas’uliyat bilan tayyorlanadi. Auditoriya ishonchi — eng katta qadriyat.
Ma’lumot tekshirilib e’lon qilinadi
Sun’iy shov-shuv va yolg‘on xabarlardan saqlanadi
Hamkorlik va reklamada ochiqlik saqlanadi
Har bir foydalanuvchiga hurmat bilan munosabat ko’rsatiladi
Muloqot va hurmat qoidalari
Sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
O‘zaro hurmat — haqorat, kamsitish va provokatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstruktiv fikr — tanqid bo‘lishi mumkin, lekin u madaniyatli shaklda bo‘lishi kerak.
Noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik — tasdiqlanmagan xabarlar joylanmaydi.
Shaxsiy hujumlar va adovat qo‘zg‘atuvchi fikrlar o‘chiriladi.
Spam va reklama izohlarda taqiqlanadi.
GameMakon sog‘lom va madaniyatli hamjamiyat tuzishga maqsad qilgan. Hurmat — asosiy qoida.
