PlayStation 5 2026 yil boshini AQSh savdo reytingida birinchi o‘rinda boshladi — portativ qurilmalar esa eng so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

PlayStation 5 2026 yilning birinchi oyini AQShdagi o‘yin konsollari savdo reytingida birinchi o‘rinda yakunladi. Bu haqda Amerika bozorini kuzatuvchi Circana kompaniyasi ma’lum qildi. Sony konsoli 2025 yil noyabridan beri ilk bor yana yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bunga, jumladan, “Black Friday” aksiyasidagi jozibador narxlardagi to‘plamlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Dekabr oyida yetakchi bo‘lgan Nintendo Switch 2 esa yanvarni dona savdosi va tushum bo‘yicha ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Hisobotga ko‘ra, foydalanuvchilarning o‘yin qurilmalariga sarflagan xarajatlari o‘tgan yilning yanvariga nisbatan 16 foizga oshib, 248 million dollarga yetgan. Nintendo Switch 2 savdolari PlayStation 5 (-17%), Xbox Series (-27%) va original Switch (-79%) qurilmalariga bo‘lgan yillik talab pasayishini qisman qoplashga yordam berdi.

O‘tgan yilga nisbatan pasayish kuzatilganiga qaramay, PlayStation 5 yanvar oyida ham dona savdosi, ham pul tushumi bo‘yicha bozor yetakchisi bo‘ldi. Nintendo Switch 2 esa har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Circana ilk bor portativ kompyuterlar va Kinect uslubidagi NEX Playground televizion pristavkasini ham qo‘shgan holda umumiy “temir” (qurilmalar) reytingini e’lon qildi.

Portativ kompyuterlar segmenti ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha ajratilmagan — barcha qurilmalar bitta toifa sifatida hisoblangan.

2026 yil yanvar oyida barcha portativ kompyuterlar birgalikda dona savdosi bo‘yicha reytingda so‘nggi o‘rinni, tushum bo‘yicha esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

2026 yil yanvar oyida dona savdosi bo‘yicha o‘yin tizimlari reytingi:

  1. PlayStation 5
  2. Nintendo Switch 2
  3. Xbox Series X|S
  4. Nintendo Switch
  5. NEX Playground
  6. Portativ kompyuterlar

2026 yil yanvar oyida AQShda tushum bo‘yicha o‘yin tizimlari reytingi:

Nintendo Switch

PlayStation 5

Nintendo Switch 2

Xbox Series X|S

Portativ o’yin qurilmalar

NEX Playground

 

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх