Britaniyalik aktrisa Alix Uilton Regan — Lara Croft’ning yangi ovozi va yuzi — “Press X to Continue” podkastida kult qahramon obrazi ustidagi ishlari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, kelayotgan Tomb Raider: Legacy of Atlantis va Tomb Raider: Catalyst loyihalarida o‘yinchilar “ultimativ” Lara’ni ko‘rishadi. Bu talqin oldingi barcha versiyalarning jihatlarini birlashtiradi. Aktrisaning va’dasiga ko‘ra, eski maktab muxlislari ham, yangi o‘yinchilar ham yagona, umumiy qahramonni ko‘rishadi. Unga ko‘ra, bu shunchaki ekshen emas, balki chuqur drama ham bo‘ladi.
Reganning asosiy shiori — “hech bir Lara unutilmaydi” (no Lara’s left behind). U qahramonning avvalgi barcha talqinlarini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yangi obrazga singdirishga harakat qilgan. “Oldingi barcha Lara versiyalari franchayzaning yangi davri uchun poydevor bo‘ladi”, — deya ta’kidladi u va muxlislarga hissiy jihatdan murakkab, chuqur qahramon va’da qildi.
Regan talqinidagi Lara Croft — bu klassik tajriba va zamonaviy xarizma uyg‘unligi. Uning Lara’si o‘z ishining ustasi bo‘lgan, ammo xarakteri yanada boyigan va emotsional jihatdan chuqurlashgan qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.
Afsonani Unreal Engine 5 asosida 2026 yilda Legacy of Atlantis’da, bir yil o‘tib esa Catalyst’da Xbox Series X|S, PS5 va PC platformalarida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…
