Capcom yana bir bor yetakchi nashriyotlardan biri ekanini tasdiqladi: Resident Evil Requiem rasmiy chiqishidan oldin Steam savdo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. O‘yinga bo‘lgan yuqori qiziqish uni faqat oldindan buyurtmalar hisobiga yetakchiga aylantirdi. To‘liq reliz 27 fevralga belgilangan — horror PC va joriy avlod konsollarida, jumladan Nintendo Switch 2 da ham chiqadi.
Yapon blokbasteri o‘tgan hafta yetakchilik qilgan indi-xit Mewgenics’ni birinchi o‘rindan siqib chiqardi. Kuchli uchlikni Battlefield 6 yakunladi — EA’ning harbiy shouteri 2-mavsum starti hisobiga yuqori pog‘onaga ko‘tarildi (mavsumiy pass’ning Pro-versiyasi 10-o‘rinni egalladi).
Sotuv yetakchilari 25-fevraldan 26-fevral o’tar vaqtiga Steam:
-
Resident Evil Requiem – $52.49
-
Counter-Strike 2 – Bepul
-
ARK: Survival Ascended – $44.99 (chegirma bilan $11.24)
-
Warframe – Bepul
-
PUBG: BATTLEGROUNDS – Bepul
-
ARC Raiders – $39.99
-
Apex Legends™ – Bepul
-
Kingdom Come: Deliverance II – $44.99 (chegirma bilan $22.49)
-
Mewgenics – $14.49
-
Battlefield™ 6 – $69.99
-
Resident Evil 4 – $29.99 (chegirma bilan $11.99)
Qiziqarlisi Resident Evil Requiem chiqishiga Resident Evil 4 chegirma narxda albatta muxlislar bir qator yangi qismi chiqishidan avval xotiralarini yangilab oladilar bu mashhur seriya bo’yicha.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…
