Resident Evel Requiem birinchi FPS testlari

Capcom tomonidan taqdim etilgan Resident Evel Requiem o’yinining birinchi testlari aniqlandi bu PC (19ta videokarta), Playstation 5/5 Pro, Xbox Series S/X uchun.

Compute Base, RajmanGaming HD, Fuzion Xbox Testing – testlariga ko’ra FPS ko’rsatkichlari juda yaxshi darajada va quyidagicha:

ComputerBase yangi horror o‘yini Resident Evil Requiem bo‘yicha 19 ta zamonaviy videokartada test natijalarini e’lon qildi. Sinovlarda NVIDIA, AMD va Intel grafik kartalari ishtirok etdi.

Barcha videokartalar Ryzen 9800X3D protsessori hamda 48 GB DDR5-6000 CL30 operativ xotira bilan birga ishlatilgan.

GeForce RTX va Radeon RX 9000 liniyasidagi kartalar DLSS 4 Balanced va FSR 4 Balanced apskeyl rejimlarida sinovdan o‘tkazildi. Qolgan videokartalar esa FSR 3.1 Balanced rejimida test qilindi.

Avval mutaxassislar testlarni ray tracing  o‘chirilgan holda o‘tkazishdi.

1440p aniqlikda 60 FPS olish uchun hatto Radeon RX 7600 yoki GeForce RTX 4060 darajasidagi videokarta ham yetarli bo‘ldi.

UWQHD (3440×1440) formatida shunga o‘xshash freymreytni esa Radeon RX 6700 XT egalari qo‘lga kiritishi mumkin.

4K 60 FPS ko‘rsatkichida o‘ynash GeForce RTX 5060 Ti 16GB va Radeon RX 9060 XT 16GB egalari uchun mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maksimal tekstura sifati bilan yaxshi o‘yin jarayoni uchun kamida 12 GB videoxotira (VRAM) talab etiladi.

8 GB VRAM’ga ega videokartalar Quad HD (1440p) formatida nisbatan yaxshi natija ko‘rsatsa-da, UWQHD va Ultra HD (4K) uchun yetarli emas.

Ray tracing  yoqilganda GPU’ga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshadi.

1440p / 60 FPS uchun kamida Radeon RX 7800 XT yoki GeForce RTX 5060 Ti 16GB darajasidagi videokarta kerak bo‘ladi.

UWQHD formatida 60 FPS’dan yuqori natijani GeForce RTX 5070, Radeon RX 9070 va undan kuchliroq kartalar egalari qo‘lga kiritishi mumkin.

4K rezolyutsiyada 60 FPS marrasidan o‘tish esa GeForce RTX 4080 SUPER hamda uchun imkonli.

Yakunda mutaxassislar path tracing va DLSS 4 Performance rejimida ham sinovlar o‘tkazishdi.

Flagman GeForce RTX 5090 4K aniqlikda ham 60 FPS’dan yuqori natija ko‘rsata oladi. FG x2 (kadr generatsiyasi) yoqilganda esa o‘rtacha freymreyt taxminan 150 FPS’ga yetadi.

GeForce RTX 5080 4K’da qariyb 51 FPS, 1440p’da esa taxminan 94 FPS natija beradi.

GeForce RTX 5070 Ti bilan esa Quad HDda 82 FPS, UWQHDda 66 FPS, Ultra HD (4K)da esa 43 FPS olish mumkin.

dsama_7 taxallusli foydalanuvchi ma’lum qilishicha, Resident Evil Requiem o‘yinining fayl hajmi platformalarga qarab quyidagicha bo‘ladi:

  • PC — 70.12 GB

  • Xbox Series X and Series S — 68.77 GB

  • Nintendo Switch 2 — 29.33 GB

Ko‘rinib turibdiki, Switch 2 versiyasi ancha ixcham hajmga ega.

 
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх