9 oy o‘tib, Denuvo himoyasi DOOM: The Dark Ages o‘yinida buzilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Yaqinda 0xZeOn taxallusli xaker DOOM: The Dark Ages buzilgani haqida e’lon qildi. O‘yin o‘tgan yil may oyida chiqqan bo‘lib, PC-versiyasida Denuvo himoya tizimi qo‘llangan edi.

Biroq bu odatiy “kryak” emas. Himoya so‘nggi paytlarda ommalashgan gipervizor usuli orqali chetlab o‘tilgan. Bunday usul ishlashi uchun foydalanuvchi kompyuteridagi ayrim himoya mexanizmlarini o‘chirishi talab etiladi.

Bu esa tizim xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli, qaroqchilik hamjamiyatining ayrim vakillari gipervizor orqali amalga oshirilgan bunday usulni to‘liq “klassik buzish” deb tan olmayapti.

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх