Resident Evil Requiem haqidagi sharhlar e’lon qildi. Ular ijobiy chiqdi. Jurnalistlar Leon va Greys o’rtasidagi o‘yindagi farqlar va kayfiyatni, shuningdek, noyob zombi yangiliklarini yuqori baholadi. Baholar quyidagicha:
- 90 ball — Opencritic, 50 ta sharh asosida 98% tavsiya bilan;
- 91 ball — Metacritic, PC-versiya, 7 ta sharh asosida;
- 88 ball — Metacritic, PlayStation 5-versiya, 85 ta sharh asosida;
- 91 ball — Metacritic, Xbox Series-versiya, 8 ta sharh asosida;
- 90 ball — Metacritic, Nintendo Switch 2-versiya, 9 ta sharh asosida.
Taqqoslash uchun:
- Resident Evil 7: Biohazard 2017 yilda o‘rtacha 86 ball olgan;
- Resident Evil Village esa 84 ball;
- Mashhur Resident Evil 4 remeyki esa 93 ball olgan.
IGN muallifi Resident Evil Requiem ni «Umbrella eksperimentining natijasi» deb atadi — o‘yin fanatlar uchun tanish bo‘lgan ikki xil o‘yin mexanikasini mukammal birlashtirgan. Shuningdek, o’yin mualliflari eski syujet chiziqlarini ochishga e’tibor qaratgan va tanish lokatsiyalar bilan yangi joylar orasida mukammal muvozanatni saqlashgan.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da…
