Yakuniy baho: 8.5/10 — “Ajoyib”
Call of Duty — shunchaki o‘yinlar seriyasi emas, bu haqiqiy madaniy fenomen. So‘nggi yigirma yil ichida u birinchi shaxs shooter janrini deyarli qayta belgilab berdi. Dastlab Ikkinchi jahon urushi haqidagi jiddiy simulyator sifatida boshlangan franshiza, bugunga kelib dunyodagi eng yirik blokbasterlardan biriga aylandi — kuchli sahnalashtirish va mukammal sayqallangan mexanikalar bilan.
Afzalligi:
Otish:
CoD’dagi otish mexanikasi hanuzgacha sanoatdagi “oltin standart” hisoblanadi. Qurollarning og‘irlik hissi, ovozlari va qaytishi (otdacha) juda mayda detallarigacha ishlangan.
Kinematografiya:
Boshqa deyarli hech qaysi seriya bu darajada “gollivudcha” sahnalarni bera olmaydi. O‘zingizni katta masshtabdagi jangovar film qahramonidek his qilasiz.
Kontent xilma-xilligi:
Taktik multiplayer, afsonaviy “Zombi” rejimi va Call of Duty: Warzone kabi battle royale formatigacha — har kim o‘ziga mos rejim topa oladi.
Kamchiligi:
Konveyer uslubi:
Har yili yangi qism chiqishi ba’zida syujetda takrorlanish va yangi g‘oyalar yetishmasligiga olib keladi.
YAKUNIY XULOSA: Har yili tanqid qilinishiga qaramay, Call of Duty tezkor va dinamik janglarni yoqtiradiganlar uchun asosiy platforma bo‘lib qolmoqda. U trendlarni belgilaydi va onlayn shooterlar orasida eng yuqori darajadagi sayqallikni taklif qiladi.
