Asus Strix OLED XG34WCDMTG nomli yangi monitorini taqdim etdi. U o‘yinchilar uchun mo‘ljallangan liniyaga kiradi, lekin boshqa ko‘p monitorlardan farqi shundaki, unda Google TV (Android 14 asosida) qo‘llab-quvvatlanadi. Aftidan, bu Smart TV funksiyasiga ega bo‘lgan birinchi o‘yinchi OLED-monitor hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda, bu — Android’li “aqlli” monitor, u umuman PC’siz ham ishlay oladi. Bundan tashqari, unda GeForce Now xizmati ham bor, ya’ni zamonaviy o‘yinlarni kompyutersiz, bulut orqali o‘ynash mumkin.
Monitor 34 dyuymli, ultra keng formatdagi QD-OLED panelga ega, 1440p ruxsat va 240 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi (avlod jihatidan biroz oldingi panel). Shuningdek, o‘zining Wi-Fi 6 moduli va har biri 5 Vt quvvatga ega ikkita dinamik bilan jihozlangan.
Egrilik radiusi — 1800R. Oddiy yorqinligi 250 kd/m², HDR rejimida esa 1000 kd/m² gacha chiqishi mumkin.
Monitor allaqachon sotuvga chiqqan, narxi — 1100 dollar.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!
