The Witcher 3 hamda Kingdom Come: Deliverance 2 Xbox Game Passga qo’shiladi

Microsoft Xbox Game Pass’ning fevral oyidagi ikkinchi to‘lqin o‘yinlari ro‘yxatini e’lon qildi. Eng qiziq yangilikdan boshlaymiz Kingdom Come: Deliverance 2 mart oyida obunaga qo‘shiladi. O‘yin 3-mart kuni Game Pass Ultimate, Premium va PC Game Pass tariflarida paydo bo‘ladi. Birinchi qismi esa allaqachon obunada mavjud.

19-fevral kuni esa Game Pass Ultimate va Premium foydalanuvchilari uchun “The Witcher 3: Wild Hunt” to‘liq nashrda (Complete Edition) katalogga qo‘shiladi. Geralt Riviyalikning mashhur sarguzashti avval ham obunada bo‘lgan, biroq standart nashrda va Xbox One versiyasida — next-gen yangilanishidan ancha oldin. Undan tashqari 17-fevraldan Avatar: Frontiers of Pandora o’yini ham qo’shilganini eslatib o’tamiz.

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!

 

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх