Activision Warzone Mobile bilan xayrlashmoqda: serverlar o‘chirilish sanasi e’lon qilindi

Activision Call of Duty: Warzone Mobile serverlari 2026-yil 17-aprel kuni o‘chirilishini ma’lum qildi. O‘yin esa 2025-yil may oyida xizmatdagi bir qator o‘zgarishlardan so‘ng do‘konlardan olib tashlangan edi. Jumladan, yangi mavsumlar va geympley yangilanishlari chiqarilishi to‘xtatilgan.

Activision shunday dedi:

“Biz Call of Duty: Warzone Mobile’ni qo‘llab-quvvatlagan hamjamiyatga va o‘yinni yaratgan dasturchilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. O‘yinchilarning fikrlari va qiziqishi Call of Duty franshizasining kelajagini shakllantirishda davom etmoqda. Biz esa Call of Duty: Mobile uchun yangi mavsumiy kontent va yangilanishlarni taqdim etishni intiqlik bilan kutyapmiz.”

Call of Duty: Warzone Mobile ikki yil davomida mavjud bo‘ldi — 2024-yil mart oyidan beri. Hozir esa franshizaning mobil yo‘nalishida faqat Call of Duty: Mobile qolmoqda. Yaqinda o‘yinda “Frozen Abyss” nomli birinchi mavsum (sezon) start oldi. Call of Duty: Mobile’da “Qirollik jangi” (Battle Royale), Zombi, Multiplayer va boshqa rejimlar mavjud.

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх