PS6’da disk bo‘ladimi? Sobiq PlayStation rahbari izoh berdi

Sony’ning sobiq rahbari Shon Leyden Kiwi Talkz intervyusida PS6’ni disksiz chiqarish kompaniya uchun qiyin bo‘lishini aytdi. Uning fikricha, PlayStation’ning global miqyosda keng tarqalganligi bunday qarorni murakkablashtiradi.

Xbox raqamli strategiya bilan muvaffaqiyatga erishgan, ammo bu faqat ayrim davlatlarda kuzatilgan. Leyden AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va yana bir nechta ingliz tilida so‘zlashuvchi bozorlarni misol qilib keltirdi.

Uning aytishicha, PlayStation taxminan 170 ta davlatda yetakchi hisoblanadi. Shu sabab kompaniya katta mas’uliyatga ega: agar u to‘liq raqamli formatga o‘tsa, bozorning qanchalik katta qismi bunga moslasha olmay qoladi?

Leyden, shuningdek, to‘liq raqamli konsol noqulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni ham keltirdi: tez internet yo‘q qishloq hududlari, PS5 bilan sayohat qiladigan sportchilar yoki internetga ulanish cheklangan harbiy bazalar.

U yana qo‘shimcha qildi:

To‘liq raqamli formatga o‘tish — bu siz xizmat ko‘rsata olmaydigan bozor ulushi qanchalik katta ekaniga bog‘liq.

Leydenning fikricha, Sony hozir bu masalani o‘rganmoqda va qaysi nuqtadan boshlab diskdan voz kechish mumkinligini aniqlaydi. Biroq global bozor hajmini hisobga olsak, bu oson bo‘lmaydi.

Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх