Battlefield 6 chiqishi seriya uchun katta qaytish bo‘ldi: 2025-yilda loyiha hatto Call of Duty’dan ustun chiqib, mashhur shuterlar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Ammo bu muvaffaqiyat uzoq davom etmadi — yarim yil ichida faol o‘yinchilarning katta qismini yo‘qotdi.
Kutilgan ikkinchi mavsum o‘yinchilarni qaytarishi kerak edi, biroq umidlar oqlanmadi — hozirgi onlayn taxminan 69,654 atrofida, sutkalik pik esa hatto 100 mingga ham yetmadi (78,334) .
Steam’dagi aralash fikrlar sababni aniq ko‘rsatmoqda: yomon optimizatsiya, kichik xaritalar va ishlab chiquvchilarning keraksiz joyda “yangilik qilishga” urinishlari. DICE vaziyatni to‘g‘rilash va yana katta, klassik lokatsiyalarga qaytishni va’da qilmoqda, ammo hozircha bu gaplar o‘yinchilar ishonchini qaytarishga yordam bermayapti.
BF6’dan farqli o‘laroq, ARC Raiders eng muhim narsani uddaladi — o‘yinchilarni ushlab qoldi. Bir xil davrda ishga tushgan bu loyiha — o‘rtacha sutkalik pik 200 mingdan ortiq o‘yinchi onlayn.
Eng qiziqarli yangiliklar GameMakon da!
